AMPULA (lot. ampulla — shisha idish) — 1) nay shaklidagi turli aʼzolarning pufakka oʻxshash kengaygan qismi. Mac, umurtqali hayvonlarda toʻgʻri ichakning kengaygan qismi;
2) teri ostiga, muskul orasiga, venaga yuboriladigan suyuq dorilarni, shuningdek zardob, vaksina va biopreparatlarni steril holda saqlash uchun kavsharlab berkitiladigan shisha idish;
3) qad. rimliklarda — suyuqlik saqlanadigan xum yoki shisha idish.