AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI

AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASI — elektr zanjiri orqali signallar uzatish jarayonida sinusoidal tebranish amplitudasining uning chastotasiga bogʻlanishi. Aloqa kanali, kuchaytirgich va elektr zanjirlarning ish sifatini koʻrsatuvchi muhim koʻrsatkich hisoblanadi. A.-ch. x. koʻpincha qisqacha qilibchastota xarakteristi kas i deyiladi. A.-ch. x. grafik koʻrinishida quyidagicha boʻladi: ordinata oʻqiga amplituda, abssissa oʻqiga chastota joylashtiriladi. Elektrotexnika, radioelektronika va tex-nikaning boshqa sohalarida A.-ch. x. boʻyicha turli parametrlar aniqlanadi. Bu parametrlarga qarab asbob, quril-malarning ishlashi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin.