AMPLITUDAVIY DISKRIMINATOR — amplitudasi maʼlum (boʻsagʻa) qiymatdan oshgan elektr signallarni avtomatik tarzda ajratib oluvchi qurilma. Amplitudaviy diskriminatordan teleboshqarishda foydali signalni shovqindan ajratib olishda, amplitudaviy analizatorax yordamida tasodifiy jarayonlarni tekshirishda keng foydalaniladi. Mas, Amplitudaviy diskriminator yadro nurlanishining integral energetik spektrini olishda foydali signalni xalal beruvchi shovqinlardan ajratishda qoʻllaniladi.