AMPER

AMPER (Ampere) Andre Mari (1775.22.1, Lion – 1836.10.6, Marsel) — fransuz olimi, elektrodinamika asoschilaridan biri, Parij FA aʼzosi (1814), Parijdagi Normal maktab prof. (1824). 1820-y. da elektr toklarining oʻzaro mexanik taʼsiri (Amper qonuni)nn kashf qilgan, tok taʼsirida magnit milining ogʻish yoʻnalishini aniqlaydigan «Qalqovich qoidasi»ni q(. Amper qoidasi) taʼriflab bergan, magnitlarning oʻzaro taʼsiri aylanma elektr toklarining oʻzaro taʼsiridir degan (moddalarning magnit xossalarini tushuntiruvchi) gipotezani taklif qilib, magnetizmning dastlabki nazariyasini yaratgan. Elektrodinamika haqidagi nazariyalari «Tajribadan keltirib chiqarilgan elektrodinamik hodisalar nazariyasi» (1826—27) asarida tavsiflangan.