AMPELOTERAPIYA

AMPELOTERAPIYA (yun. ampelos — uzum va terapiya) , uzum bilan davolash — uzum yoki uning sharbatini koʻp miqdorda isteʼmol qilib davolanish; parhez bilan davolash (diyetoterapiya) usuli. Suv va mineral tuz almashinuvini barqarorlashtirish uchun qoʻllaniladi.