AMNEZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va mneme — xotira, es) — xotiraning buzilishi; boʻlib oʻtgan voqea va kechinmalarni eslay olmaslik yoki chala eslash. Bosh miyaning shikastlanishi, tutqanoq, qattiq ruhiy iztirob va b. sa-bab boʻladi; A. ning quyidagi turlari farq qilinadi: anterograd Amneziya — odamning ruhiy kasallikka uchragandan keyingi hodisalarni esda saqlay olmasligi; avjlanuvchi Amneziya — xotirada hech narsa krlmasligi; retrograd Amneziya — odamning kasal boʻlishidan ilgarigi oʻtgan hodisalarni unutishi; fiksatsion Amneziya — ayni vaqtdagi, shuningdek yaqin kunlarda boʻlib oʻtgan hodisalarni xotirada saqpay olmaslik va h. k.