AMIRZODA MAQBARASI

AMIRZODA MAQBARASI — Samarqanddagi Shohizinda maqbaralaridan biri (14-a.). Maqbara, dafn etilgan shaxsning ismi maʼlum boʻlmasada, shartli ravishda Amirzoda maqbarasi maqbarasi deb ataladi. Maqbara peshtoqidagi hoshiyalar orasidagi yozuvda Amirzodaning oʻlgan yiligina (1386) koʻrsatilgan. Maqbaraning asosi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (10×9,2 m). Poygumbaz sakkiz qirrali, gumbazi qobirgʻali. Peshtoqni murakkab islimiy va girih naqshlaridan iborat sirkor parchin va arab yozuvlari bezaydi. Maqbaraning ichi oʻziga xos hashamatli va shinam. Devorlari ganch bilan suvalgan, tokcha, gumbaz ostidagi ravoqchalar bezagi sodda.