AMIR TEMUR GʻORI

AMIR TEMUR GʻORI — Surxondaryo viloyati Boysun togʻidagi ibtidoiy odamlar manzilgohi boʻlgan gʻor. Bu gʻorda 1939-y. da Amir Temur Gʻori Okladnikov arxeologik qazishlar olib borgan. Unda uchta qatlam boʻlib, yuqoridagi ikkitasi yangi tosh davriga, eng quyisi mustye davriga taalluklidir. Bu qatlamda oʻchoq va baʼzi joylarida pista koʻmirning qoldiklari topilgan. Amir Temur Gʻoridan Teshiktosh tormdagiga oʻxshash qoʻpol ishlangan yirik qirgʻichlar, plastinalar, lappaksimon nukleuslar va ulardan uchirib olingan tosh parchalari chiqqan. Shu 6-n birga gʻordan xilma-xil hayvon va qushlarning suyak qoldiqlari ham topildi. Amir Temur Gʻorida ibtidoiy odamlar jamoa-jamoa boʻlib yashagan, ovchilik va temirchilik bilan shugʻullangan.