AMILENLAR

AMILENLAR, pentenlar — oltita izomeri boʻlgan olefinlar qatorining toʻyinmagan uglevodorodlari. Oddiy sharoitda ularning hammasi suyuqliqdir. Amilenlar alyuminiy xlorid taʼsirida polimerlanadi. Sulfit angidrid (SO2) ishtirokida rezinasimon holga keladi. Amilenlar polimerlari texnikada koʻp ishlatiladi.