AMERIKA FUTBOLI

AMERIKA FUTBOLI — jamoalar yassi toʻp bilan oʻynaydigan sport turi. Regbiga oʻxshaydi. Dastlabki musobaqa AQSH da 1874-y. da oʻtkazilgan. Oʻyinchilar yuziga niqob tutib, yelka, koʻkrak va butun gavdani himoya qiluvchi moslamalar kiyib harakat qiladilar. Raqibni toʻxtatish, uni chim ustiga bosib, yoʻlini toʻsish uchun deyarli barcha usullarni qoʻllashga ruxsat beriladi.