AMALIY GEOMETRIYA — chizma geometriya fanining qonun-qoidalari asosida bajarilgan i. t. ishlari natijalarini qurilishda, mashinasozlikda, meʼmorlik va b. sohalarda qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan sohasi. Umuman analitik geom., chizma geom., differensial geom., proyeksiyalash geometriyasi va b. sohalar qoidalarini ishlab chiqarishning turli sohalarida qoʻllash b-n shugʻullanadigan geometriyani Amaliy geometriya deb yuritish mumkin.