AMAZONKA PASTTEKISLIGI

AMAZONKA PASTTEKISLIGI — Jan. Amerikada, yer sharidagi eng katta payettekislik. Mayd. 5 mln. km2 dan ziyod. Gviana togʻligi bilan Braziliya togʻligi oraligʻida, And togʻlaridan Atlantika okeanigacha choʻzilgan. Jan. Amerika platformasining sineklizasi (botigʻi) uchlamchi davrning dengiz, koʻldaryo yotqiziqlari bilan toʻlishi natijasida paydo boʻlgan. Amazonka pasttekisligining katta qismi ekvatorial iqlimli, 1500—3000 mm yogʻin tushadi. Amazonka pasttekisligi doim yashil oʻrmonlar b-n qoplangan. Sharqiy qismida yil qurgʻoqchil va namgarchil fasllarga boʻlinadi. Aholi siyrak. Neft, marganes, gematit konlari bor.