ALYUMINOTERMIYA

ALYUMINOTERMIYA, alyumotermiya (alyuminiy va yun. therme — issiqlik) — metallar oksidlarini alyuminiy bilan kaytarib metall va qotishmalar olish usuli; biror metall oksidi bilan metall holidagi alyuminiyning kukun aralashmasi yuqori t-rada qizdirilsa, 3000° gacha issiqpik ajralib chiqadi, ajralib chiqqan ortiqcha issiqlik hisobiga temir oʻz oksididan oson qaytariladi. Bu usulni rus kimyogari N. N. Beketov (1827—1911) 1859-y. kashf etgan. Marganes, xrom, vanadiy, volfram va turli qotishmalar Alyuminotermiya usuli b-n olinadi. Alyuminotermiyadan poʻlat va choʻyanni payvandlashda (termit payvandda, rasmga q.), yondiruvchi snaryadlarda foydalaniladi (yana q. Metallotermiya, Metallarni qaytarish).