ALYUMINIY FTORID, AlF3 — ftorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 3100 kg/m3, suvda oz miqdorda eriydi (100 g suvda 0,56 g). Alyuminiy ftorid kislotada yaxshi eriydi (bunda kompleks birikmalar hosil boʻladi). Alyuminiy ftorid alyuminiy gidroksid (AlON)3ni vodorod ftorid (NGʻ)ning 15% li eritmasida eritish yoki alyuminiy oksid (Al2O3)ga 400—700° da NGʻ taʼsir ettirish bilan olinadi. Ishqoriy metallarning ftoridlari bilan kompleks birikmalar hosil qiladi. Alyuminiy ftorid sanoatda kriolitdan alyuminiy olish va tozalash jarayonida elektrolitlarga qoʻshimcha sifatida ishlatiladi.