ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR — radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini oʻlchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit A.-s.) yoki ularning ionlovchi taʼsirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis strukturasi)ni oʻrganish yadro fizikasida katta ahamiyatga ega. Spektrlar yadroning energetik sathlari toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Odatda, mahsul yadroning energetik sathlari bir-biriga yaqin boʻladi. Mac, Ra226 yadrosining ikkinchi va uchinchi uygʻongan holati energiyalari farqi 20—43 keV. Shuning uchun a-spektrometrlarning energetik sathlar bir-biriga yaqin boʻlgan guruhlarini ajrata olish qobiliyati katta boʻlishi kerak. Hoz. zamon magnit a-spektrometri energetik sathlar farqi 0,07% boʻlgan chiziqlarni ajrata oladi.