ALKOR — Katta Ayiq yulduz turkumidagi oq yulduz; oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin, ravshanligi t 4,02, spektral sinfi A5. A. spektral-qoʻshaloq yulduz. U Oʻrta Osiyo kengliklarida botmaydi. Baʼzida astronomlar Alkorga qarab atmosferaning tiniqligini baholaydilar.