ALVEN

ALVEN (Alfven) Xannes (1908) — shved fizigi va astrofizigi. Magnit gidrodinamikasi asoschisi, plazmada toʻlqinning bir turi (A. toʻlqini) mavjudligini bashorat qilgan. Nobel mukofoti laureati (1970).