ALBUMINLAR (lot. albumen – tuxum oqsili) — hayvon va oʻsimlik toʻqimalari tarkibiga kiradigan oddiy oqsillar; tuxum oqi, qrn zardobi, sut, oʻsimliklar urugʻida boʻladi. Albuminlar past molekulyar ogʻirlikka ega; suvda, kuchsiz tuz eritmalarida eriydi, neytral tuzlarning yuqori konsentratsiyasida choʻkadi. Albuminlar uchraydigan joyiga qarab zar-dob Albuminlari, tuxum Albuminlari, sut A. i deb ataladi. Zardob A. i. qon tarkibidagi oqsillarning yarmidan koʻpini tashkil etadi. Qonda bir qator moddalar: erkin yogʻ kislotalarni, steroid va tireoid gormonlarni tashishda, zaharli moddalar, mas, ogʻir metallarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi. Albuminlar toʻqimalarda suv-tuz va azot almashinuvida muhim rol uynaydi.