ALBOM (frans. album) — 1) rasm chizish, dastxatlar yozdirish, markalar toʻplash, fotosuratlar qoʻyish uchun moʻljallab muqovalangan varaqlar majmui;
2) kitob shaklida nashr etilgan (koʻpincha izoh b-n) reproduksiyalar, fotosuratlar, talh (chizgi)lar va sh. k. toʻplami. Yana q. Muraqqa.