ALBERTA

ALBERTA — Kanada jan.gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 661,2 ming km2. Molisi 2,5 mln. kishi, shahar aholisi 70% (1991). Maʼmuriy markazi — Edmonton sh. A. ning katta qismi yassi va toʻlqinsimon baland tekislik (bal. 1000 m gacha) dan iborat. Jan.gʻarbi — Qoyali togʻlar. Oʻrmon-dasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shim.-gʻarbi — igna bargli oʻrmonlar. Xoʻjaligida yirik fermalarning salmogʻi katta. A. Kanadada yetishtiriladigan bugʻdoy, suli, arpa va qand lavlagining ancha qismini beradi. Kanadada chiqariladigan neft, gaz va koʻmirning ham koʻp qismi Albertadan qazib olinadi. Koʻmir konlari (zaxirasi 228 mln,t)dan 19-a. oʻrtalaridan boshlab foydalaniladi. Eng katta neft konlari: Pembina, Reduoter, Ledyuk-Vudbend; gaz konlari asosan jan. da. Neft haydash va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Edmonton, Kalgari, Medisin-Xat. Albertaning markaziy va jan. qismida Kanadani kesib oʻtadigan 2 t. y. bor. Edmonton — Ferbenks avtostradasi Albertani Alyaska bilan bogʻlaydi. Albertadan Kanadaning Vankuver, Toronto, Monreal sh. lariga va AQSH ga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.