ALUNIT

ALUNIT (frans. alun — achchiqtosh) — sulfatlar sinfiga mansub mineral. Formulasi — KA13[SOJ2[OH]6. Qattiqligi 3,5—4,5. S. ogʻ. 2,6—2,8. A. asosan mayda zarrali zich va boʻsh (zichlashmagan) holda uchraydi. Rangi oq, kulrang va qizgʻish. Kristall donalari shishaga oʻxshash yaltiroq. Zich va tup-roqsimon agregatlari xira boʻladi. Alunit vulkan jinslarga magmadan chiqqan issiq sulfat oksidli eritmalar taʼsir etishidan hosil boʻladi. RF (Uzoq Sharq), Ozarbayjon, Ukrainaning gʻarbida, AQSH, XXR, Avstraliya, Eron, Meksika va b. joylarda konlari bor.