ALP ARSLON (asl ismi Muhammad ibn Dovud) (1029.20.1-1072, noyab.) — saljuqiylar sultoni (1063—72), mohir sarkarda. Gruziya (1064), Ozarbayjon (1064), Oʻrta Osiyo (1064-65)ni zabt etgan. 1071-y. Mansikert yaqinida (Sharqiy Turkiyada, Van koʻli atrofida) Vizantiya imperatori Roman IV Diogen (1068—71) qoʻshinlari ustidan zafar qozongan, natijada Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini saltanatiga qoʻshib olgan (keyinchalik bu yerlarda Koʻniya sultonligi vujudga kelgan). Alp Arslon davrida mamlakat ishlarini mashhur vazir Nizomulmulk boshqargan. A. A. Buxoroga yurish paytida vafot etgan.