AL-MASJID al-AQSO (arab. – uzoqdagi masjid) — Quddus (Ierusalim) sh. dagi qad. ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining aʼzolari Al-masjid al-Aqso tomonga qarab ibodat qilganlar. 624-y. da Makkadagi Kaʼba qibla deb eʼlon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish toʻxtatilgan. Keyinchalik 7-a. oxiri — 8-a. boshida xalifa Abd al-Malik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb atalgan va islom ibodatxonalari majmui — Qubbat as-Saxra (687 — 691) masjidi va b. barpo etilgan. Majmuaning hammasi xalq orasida Al-masjid al-Aqso ham deyiladi.
Masjid dastlab xristian ibodatxonasi shaklida boʻlgan. Yozma manbalarga koʻra, tarhi (102,80×69,20 m) koʻndalangiga qiblaga qaratib, II neflp, ravoqli qilib ishlangan. Oʻrta nefi kengroq, tomi tekis qilinib mehrob b-n tugallangan (hozir gumbazli xonani tashkil qiladi). Ikki yon tomonidagi neflarning tomi qiya nishabli qilib yopilgan. Ravoqlari marmar ustunlarga tayangan. Jan. qismidagi ravoq va ustunlar axomaniylar davriga oid, shim. qismidagi koshin qoldiqlari 1035-y. ga oiddir. Keyinchalik mayejid tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan.