ALLIL XLORID

ALLIL XLORID, 3-xlorpropen-1, SN2=SN— SN2S1 — oʻtkir hidli, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish t-rasi 134,5°, qaynash t-rasi 45,G. A. x. suvda deyarli erimaydi. Oddiy organik erituvchilar b-n har xil nisbatda aralashaveradi, suv, spirt va chumoli kislota bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Allil xlorid oʻrin olish, birikish reaksiyalariga yaxshi kirishadi. Propilenni 500—550°da xlorlash yoʻli b-n olinadi. Allil xlorid glitserin, dori-darmonlar, baʼzi plastmassalar va yelimlar olishda ishlatiladi.