ALISHAR-XYOYUK — Anadolu (Turkiya)dagi arxeologik qatlamli tepa. Yozgat sh. dan qariyb 50 km jan.-sharqda joylashgan. Qazilma ishlari 1927—32 y. larda olib borilgan. Bu yerda ilk marotaba Kichik Osiyo platosi uchun arxeologik madaniyatlarning mil. av. 4-ming yillikdan to mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarigacha boʻlgan tadrijiy rivojlanish bosqichlari aniqlandi.