ALIFMOY

ALIFMOY — oʻsimlik moylari va alkid smolalaridan olinadigan modda. A. sariq rangda nolcha ranggacha boʻlgan shaffof suyuqlik boʻlib, yogʻoch va metallga yaxshi surkaladi, havoda astasekin qotib yupqa elastik parda hosil qiladi. Oʻsimlik moylaridan olinadigan Alifmoy tabiiy (tarkibida moy miqdori 100%), aralash (tarkibida moy miqdori 70—75%) va yarim tabiiy (tarkibida moy miqdori 50 — 55%) xillarga; alkid smolalaridan olinadigan Alifmoy gliftalli, pentaftalli va ksiftalli (tarkibida moy miqdori 50%) xillarga boʻlinadi. Tabiiy Alifmoy gruntovkalar, shpaklevkalar, boʻyoqlar tay-yorlashda, yogʻoch va gʻovak materiallar sirtiga shimdirishda, aralash quyuq moyli boʻyoqlarni suyultirishda, alkidli Alifmoy moyli boʻyoqlar tayyorlashda ishlatiladi.