ALIF — arab alifbosida va u asosida tuzilgan eski oʻzbek yozuvidagi birinchi harfning nomi. Eski oʻzbek yozuvida bu belgi hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir-biridan farqli boʻlgan ikkita unlini:
1) til orqa umumturkiy a va
2) til oldi yumshoq a unlilarini ifodalaydi. Bundan tashqari, Alifi — i,y,e,(3),(8) — o tovushlarini ifodalash uchun qoʻllanar edi. Hoz. yozuvdagi bir (1) raqami A. shaklidan olingan (yana q. Abjad).