ALITUS

ALITUS (1917-y. gacha rasmiy nomi Olita) — Litva Respublikasidagi shahar, Nyamunas daryosining har ikkala sohilida. Vilnyusdan 108 km jan.gʻarbdagi t. y. stansiyasi. Aholisi 74,9 ming kishi (1990). Uy-roʻzgʻor sovutkichlari, metall konstruksiyalar, kimyo, mashinasozlik z-dlari, tikuvchilik f-kasi, mexanika texnikumi bor. Ip gazlama va goʻsht k-tlari qurilgan. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. Alitus 14-a. dan maʼlum.