ALIMOV Shokir Alimovich

ALIMOV Shokir Alimovich (1912.28.9-1976.28.3, Toshkent) — ftiziatr, Oʻzbekiston FA akad. (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari d-ri (1951), prof. (1953). SamMIni tugatgan (1935). Oʻzbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot in-tining ordinatori (1935-40), Toshkent sh. 2sil kasalxonasining bosh vrachi (1940 — 41), sil kasallari sanatoriysining bosh vrachi (1941 — 43), Oʻzbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot in-tining assistenti, soʻngra katta ilmiy xodim (1943—46), 1951-y. dan shu in-t direktori, ayni vaqtda (1953-y. dan) Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti sil kasalliklari kafedrasining mudiri. Alimov silning epidemiologiyasi, oddini olish va davosi ustida ishlab, bemorlarni mehnat bilan davolashni ilgari surdi. Uning tashabbusi bilan Oʻzbekistonda mehnat bilan davolash sanatoriysi, koʻplab sil dispanserlari ochildi. Oʻzbekiston sil kasalliklari i. t. instituta, Toshkent koʻchalaridan biri Alimov nomi bilan atalgan.