ALIZARIN

ALIZARIN, 1,2-digidrooksiantraxinon, SIN8O4 — zargʻaldoq-qizil kristall. Mol. m. 240,20. Suyuklanish t-rasi 290°, qaynash t-rasi 430°. Suvda yomon, etil spirtda oʻrtacha eriydi; benzol, sirka kislota, ishqorlarda yaxshi eriydi. Alizarin roʻyan oʻsimligi (Rubia tinctorium) ildizida glyukozid holda uchraydi. Birinchi marta 1869-y. da nemis kimyogarlari K. Grebe va K. T. Liberman tomonidan sintez qilingan. Sanoatda sintetik Alizarin ishlatiladi. Alizarin koʻp valentli metallar (mas, alyuminiy va b.) bilan rangli tuzlar hosil qiladi. Alizarin analitik kimyoda koʻp metallarning ionlarini aniqlashda, baʼzi boʻyoqlarni sintez qilishda yarim mahsulot sifatida ishlatiladi; uning alyuminiyli loki badiiy boʻyoqlar tayyorlashda va poligrafiyada qoʻllaniladi.