ALIYEV Komil Maʼrufovich

ALIYEV Komil Maʼrufovich (1905.25.7-1939.10.9) — jurnalist, oʻzbek matbuotida felyetonchilik asoschilaridan biri. Faoliyatini «Turkiston» («Qizil Oʻzbekiston») gaz. da (1924-y. dan) boshlab, turli vazifalarni (muxbir, boʻlim mudiri, masʼul kotib) bajargan. 1925—27 y. larda «Ozod Buxoro», 1936— 37 y. larda «Ilgʻor Surxon uchun» viloyat gaz. larida ishlagan. Aliyev asosan felyetonchilik bilan shugʻullangan. U felyetonlarini «Kakra», «Nor yigit» taxalluslari b-n yozgan. Felyeton, tanqidiy maqola va reportajlardan iborat «Bomba» va «Davr dushmanlari» (1932) toʻplamlari chop etilgan.