ALECh MUZLIGI

ALECh MUZLIGI, Alech Gletcheri — Shveysariya Alp togʻlaridagi eng katta vodiy muzligi. Bern Alp togʻi tepasidan Rona daryosi vodiysiga 1520 m bal. gacha tushib turadi. Uz. 24,7 km, muz tilining oʻzi esa 16 km, sathi 87 km2. Turizm rivojlangan (maxsus t. y. va kanat yoʻli qurilgan).