ALEUTLAR

ALEUTLAR (oʻzlarini unangan deb ataydilar) — xalq, Aleut o. lari va Alyaska ya. o. (AQSH), shuningdek Komandor o. lari (Rossiya Federatsiyasi)ning tub aholisi. Umumiy soni 3 ming kishi (1990), jumladan AQSHda 2 ming kishi. Aleut tilida soʻzlashadi. Dindorlari asosan pravoslavlar.