ALEYRON DONACHALARI

ALEYRON DONACHALARI, protein donachalari (yun. aleuron — un-urvoq) — endospermdagi oqsil moddalarning kristallangan qattiq, dumaloq donachalari. Ular baʼzi moyli oʻsimliklar (mas, kanakunjut) urugʻida yirikroq, bugʻdoy, arpa va b. urugʻida esa maydaroq boʻladi. Urugʻdan unib chiqadigan maysa A. d. hisobidan oziqlanadi.