ALEBASTR (yun. alabastros) — 1) qurilish gipsining eski nomi. Oq gipeni kuydirib olinadi. Haykaltaroshlik, tibbiyot va qurilishda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Alebastr olinadigan gips Fargʻona, Quvasoy, Shoʻrsuv, Qamishboshi, Soʻx va b. joylardan qazib olinadi;
2) mineral; gipsning bir turi.