ALGEBRAIK IFODA

ALGEBRAIK IFODA — algebraik amallar (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish, butun musbat darajaga koʻtarish va butun koʻrsatkichli ildiz chiqarish) ishoralari bilan biriktirilib, harf va sonlardan tuzilgan ifoda. Algebraik ifodada sonlar va harflarning ildiz ishoralari (radikallar) qatnashmasa, bunday ifoda ratsional Algebraik ifoda agar radikallar qatnashsa, irratsional Algebraik ifoda deyiladi. Agar ratsional Algebraik ifodada harfli ifodaga boʻlish amali qatnashmasa, bunday A. i. butun, agar qatnashsa, kasrli A. i. deyiladi.