ALVON

ALVON — 1) turli ranglar majmui. Chunonchi, bir joyda jamlanib, koʻzga tashlanib turgan bir necha rangdagi qogʻozlarni — A. qogʻoz deyiladi;

2) qizil tus, qizil rang;

3) qizil rang gazlama. A. koʻylak — qizil matodan tiqilgan koʻylak. Shior yoki biror sitata yozilgan qizil tusli gazlama ham Alvon deyiladi.