ALAGOAS

ALAGOAS — Braziliyaning shim.sharqidagi shtat. San-Fransisku daryosi quyi oqimidan shim. roqda. Mayd. 27,7 ming km2. Aholisi 2420 ming kishidan ziyod. Maʼmuriy markazi va asosiy porti — Maseyo sh. Katta maydonlarga shakarqamish (sohil boʻyi tekisligida) va paxta (Braziliya togʻligida) ekiladi. Oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. San-Fransisku daryosidagi Paulu-Afonsu sharsharasi yonida katta GES qurilgan.