AKUSTIK RELE

AKUSTIK RELE — tovush tebranishlari takroriyligi (chastotasi) oʻzgarishlarini, akustik bosim yoki materiallarning koʻrsatkichlari (yutish va qaytarish koeffitsiyentlari) oʻzgarishini sezadigan qurilma. Mexanik va elektr taʼsir usullariga asoslangan xillari bor. Meʼmorlik akustikasi, qurilish akustikasi va b. sohalarda qoʻllaniladi.