AKSONOMETRIYA

AKSONOMETRIYA (yun. axop — oʻq va metriya) — predmetlarni chizmada parallel proyeksiyalar yordamida tasvirlash usuli. Fazoviy shakllarning aksionometrik proyekiiyalarini qurish uchun uchta oʻzaro perpendikulyar oʻqlar OX, OY, OZ va shu oʻqlardagi masshtab uzunliklar tanlanadi. Soʻngra ushbu shakl va bu oʻqlar masshtab bilan birga proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalanadi. Proyeksiyalash yoʻnalishi bilan aksonometrik proyeksiyalash tekisligi orasidagi burchakka qarab toʻgʻri burchakli va qiyshiq burchakli Aksonometriya xillarga boʻlinadi. Uch koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (izometriya) va faqat ikki koordinata kesmalari bir xil oʻzgaradigan (dimetriya) Aksonometriyalar koʻproq uchraydi. Aksonometriya yaqqol boʻlishi b-n birga, unda tasvirlangan narsaning oʻlchamlarini topishga, predmetning askonometrik tasviri uning koordinatalar sistemasiga nisbatan toʻla shaklini va joylashishini tiklashga imkon beradi.