AKSON

AKSON (yun. axon — oʻq) , neyrit — nerv tolalarining yigʻindisidan paydo boʻlgan oʻq; nerv hujayrasining uzun oʻsimtasi. Akson taʼsirotni (nerv impulsini) periferik aʼzolardan marka-ziy nerv sistemasiga va aksincha, markaziy nerv sistemasidan aʼzolarga yoki bir aʼzodan ikkinchisiga (akson-refleks) oʻtkazib beradi. Aksonning boshlangʻich qismi ingichka, oxiri yoʻgʻon va maxsus poʻst bilan uralgan buladi.