AKSELEROMETR

AKSELEROMETR (lot. accelero — tez-lataman va yun. metreo — oʻlchayman) — mashinalar, dvigatellar va h. k., kosmik uchish apparatlari, raketalar, samolyotlar va b. harakatlanuvchi obyektlarda paydo boʻladigan tezlanishni (oʻta yuklanishni) oʻlchaydigan asbob. Harakat turiga qarab chiziqli va burchakli Akselerometr ; ishlash tarziga kura mexaniq elektr mexanik va b. ; vazifasiga koʻra vaqt yoki yoʻl funksiyasi sifatida tezlanishni hamda tez oʻtadigan jarayonda tezlanishning eng katta (maksimal) qiymatini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi. Yozib oluvchi qurilmali Akselerometr akselerograf deb ataladi.