AKROSOMA

AKROSOMA (yun. akron — choʻqqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi gʻilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urugʻlanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobigʻini yemiradigan gialuronidaza fermenti boʻladi.