AKOBIROV Aminjon Soliyevich

AKOBIROV Aminjon Soliyevich (1930.22.2, Buxoro) — aktyor va rej. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Buxoro teatrida aktyor (1945-57), rej. (1957-60), bosh rej. (1960—64), direktor va rej. (1964—73 va 1975-y. dan), Samarqand opera va balet teatrida direktor (1973—75). Akobirov maʼnaviy-falsafiy ruhdagi obrazlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan: Qambarali («Oltin koʻl»), Sulaymon («Arshin mol olon»), Navoiy («Alisher Navoiy»), Kochkaryov («Uylanish») va b. Rej. sifatida «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin), «Guli Siyoh» (S. Jamol), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla), «Mening Buxorom» (K. Yashin), «Vatan ishqi», (3. Fatxullin, Sh. Saʼdulla) kabi asarlarni sahnalashtirdi.