AKVALANG

AKVALANG (lot. aqua — suv va ing. lung — oʻpka) — odamning suv ostida bemalol nafas olib suzishiga hamda ishlashiga imkon beruvchi apparat. Fransuz sportchisi J. I. Kusto va muhandisi E. Ganyan ixtiro qilgan (1943). Akvalangdan foydalanuvchi kishi uni orqasiga tasma b-n osib oladi. Akvalangda ogʻizga tutiladigan moslama, «darcha»li maska yoki gidrokombinezon, suzgich, qoʻlga taqiladigan chuqurlik oʻlchagich, kompas va soat ham boʻladi. Akvalangning har birida ichiga siqiq (150 kg/sm2) havo toʻldirilgan (har biri 7 l li) 2 ballon bor. A. suv ostida 40 m gacha chuqurlikda 10 min dan 70 min gacha boʻlishga imkon beradi.