AKADEMIK ESHKAK ESHISH

AKADEMIK ESHKAK ESHISH — eshkak eshish sporti turi, akademik qayiqlardagi poygalar. 19 – a. birinchi yarmida Buyuk Britaniyada paydo boʻlgan. Eshkak eshish jamiyatlari xa-lqaro federatsiyasi (FISA, 1892-y. asos solingan) ga 71 mamlakat aʼzo (1991). Akademik eshkak eshish 1900-y. dan olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1962-y. dan jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.