AYTJANOVA

AYTJANOVA Ayimxon (1944.16.10, Shumanay tumanining Shumanay ovuli) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Nukus ped. in-tining fizika-mat, f-tini tugatgan (1966). 1966-y. dan Xoʻjayli, Shumanay tumanidagi maktablarda oʻqituvchi, 1971-y. dan Shumanay tumanidagi 5-maktabda fizika va mehnat fani oʻqituvchisi. Aytjanova taʼlim berishda test usulidan, koʻrgazmali qurollar va kompyuterdan unumli foydalanadi. «Mehnat darsida qoraqalpoq milliy naqshlarini oʻrgatish» metodik qoʻllanmasi muallifi.