AYN-SALOH

AYN-SALOH (In-Saloh) — Jazoirdagi voha, Jazoir Sahroi Kabirining oʻrta qismida, Sahroi Kabir choʻlini kesib oʻtuvchi Laguat-Zinder avtomobil yoʻlida. Aholisi 6 ming kishi chamasida. Aholi manzili va savdo hunarmandchilik markazi — Ayn-Saloh. Xurmozorlar bor. Artezian qudugʻidan suv ichiladi. Ayn-salohdan jan.-gʻarbda Jabal-Berga gaz koni topilgan.