AYNLAR

AYNLAR — Xokkaydo o. (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). Ayn tilida soʻzlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Dindorlari budda diniga eʼtiqod qiladi.