AYMARA

AYMARA — Boliviya, Peru va Chilida yashovchi indeys xalqi. Umumiy soni 2,55 mln. kishi (1992). Aymara tilida soʻzlashadi, dini — katolik, lekin hayotida qad. din qoddiqlari katta oʻrin egallaydi. Aymaralar dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek baliqchilik bilan shugʻullanadilar.